AsosiyJamiyat

Xorijiy va nodavlat OTMdan o`qishni ko`chirish bo`yicha test sinovlari o`tkazilish sanasi ma`lum bo`ldi

'Xorijiy va nodavlat OTMdan o`qishni ko`chirish bo`yicha test sinovlari o`tkazilish sanasi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Talabalar o`qishini xorijiy davlatlardagi oliy ta`lim muassasalaridan, shuningdek O`zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMga ko`chirish bo`yicha test sinovlari 16 avgust kuni bo`lib o`tadi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:
1-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
1-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo`lib o`tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo`yicha o`tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig`i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt beriladi.
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishi mumkin.

Talabgorlar test sinovi o`tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

    Boshqa yangiliklar