AsosiyJamiyat

Toshkentda qulagan ko`prik bo`yicha reportaj qilishga borgan jurnalist va operator kaltaklandi (video)

'Toshkentda qulagan ko`prik bo`yicha reportaj qilishga borgan jurnalist va operator kaltaklandi (video)'ning rasmi

Toshkentdagi xalqaro aeroport yaqinida qurilayotgan yo`l o`tkazgichning birvarakayiga beshta to`sini qulab tushgani haqida xabar bergan edik. 

Mazkur ko`prik qulashi bo`yicha reportaj tayyorlash uchun borgan markaziy telekanallardan birining jurnalisti va operatori qurilishga mas`ul shaxslardan biri tomonidan kaltaklandi. Bu bo`yicha ijtimoiy tarmoqda videolar tarqaldi. 

Holat bo`yicha hozircha rasmiy munosabat berilgani yo`q.

Eslatib o`tamiz, ko`prik qulashi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, 3 nafar mansabdor ushlangan edi. 

 

    Boshqa yangiliklar