AsosiyJamiyat

Prezident O`zbekistonda daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarimalarni oshirish ko`zda tutilgan qonunni rad etdi

'Prezident O`zbekistonda daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarimalarni oshirish ko`zda tutilgan qonunni rad etdi'ning rasmi

Prezident daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bog`liq huquqbuzarliklar uchun yangi sanksiyalar ko`zda tutilgan qonunni rad etdi. Bu haqda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov ma`lum qildi. 

"Daraxtni noqonuniy kesganlik uchun AQShda 100 ming, Fransiyada 150 ming, Saudiyada 8 million AQSh dollarigacha jarima belgilangan. Bizda bu harakat uchun 1000 AQSh dollarigacha jarima ko`zda tutilgan qonun Prezident tomonidan rad etildi. E`tiroz to`g`ri, qonunni qayta ko`ramiz", deb yozgan  Alisher Qodirov.

Ma`lumot uchun, Senatning 3 maydagi majlisida “O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartishlar va qo`shimcha kiritish haqida”gi Qonun ma`qullangan edi. Unga ko`ra, daraxtlar, butalar, boshqa o`simliklar va yosh nihollarni noqonuniy kesish, ildizi bilan sug`irib olish, shikastlash, nobud qilish yoki ko`chirib o`tkazish uchun fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (avval 5 baravaridan 10 baravarigacha edi), mansabdor shaxslar uchun esa 15 baravaridan 20 baravarigacha (avval 10 baravaridan 15 baravarigacha edi) jarima belgilanishi ko`zda tutilgan edi. 

Bundan tashqari, ma`muriy jazo chorasi qo`llanilganidan keyin bir yil davomida ushbu huquqbuzarliklarni takror sodir etilgan uchun o`n besh sutkagacha muddatga ma`muriy qamoqqa olish choralari belgilangan. 

 

    Boshqa yangiliklar