Bugun, 15 avgust kuni Bosh vazir Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirg`izistonga bordi.
Bu haqda Qirg`iziston Vazirlar mahkamasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Issiqko`l xalqaro aeroportida O`zbekiston Bosh vazirini Qirg`iziston Vazirlar mahkamasi raisining o`rinbosari Baxit Toroboev kutib oldi.
Abdulla Aripov Qirg`iziston va O`zbekiston o`rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo`yicha qo`shma hukumatlararo komissiyaning 16 avgust kuni Cho`lpon-Ota shahrida bo`lib o`tadigan 10-majlisida ishtirok etish uchun Qirg`izistonga borgan.






