AsosiyJinoyat

Toshkentda sintetik narkotik modda sotmoqchi bo`lgan 7 nafar fuqaro ushlandi (video)

'Toshkentda sintetik narkotik modda sotmoqchi bo`lgan 7 nafar fuqaro ushlandi (video)'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bojxona qo`mitasi xodimlari bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbirlar o`tkazildi. Bu haqda daakchi.uz'ga DXX Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, poytaxtimizning Olmazor tumanida yashovchi, 1999 y.t. shaxs muqaddam narkokur`erlar tomonidan Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi xufiyona joyga qoldirib ketilgan 3 kg. 906 gr. “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasini qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u ushbu ajal og`usini Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi, 1998 y.t. ayolning ko`rsatmasiga asosan olganligini ma`lum qildi va tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ayol tomonidan ijaraga olingan xonadon ko`zdan kechirildi.

Natijada ushbu manzilda narkotik moddalarni kichik bo`laklarga bo`lib, internet orqali sotuvga chiqarish uchun sharoit yaratilganligi aniqlandi.

Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga – ayolning 1995 y.t. opasi ham aloqadorligi aniqlanib, u ham qo`lga olindi.

Boshqa holatda esa Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi, 1987 va 1988 yillarda tug`ilgan 2 nafar fuqaro muqaddam narkokur`erlar tomonidan Toshkent tumani hududidagi xufiyona joyga yashirib ketilgan 927 gr. “Metamfetamin” sintetik giyohvandlik vositasini olgan vaqtlarida ushlandi.

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda esa 1999 va 2002 yillarda Qarshi shahrida tug`ilgan, Olmazor tumanida ijarada yashovchi ikki nafar fuqaro uchinchi shaxslar tomonidan yashirib ketilgan 857 gr. “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasini olgan vaqtlarida ushlandi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar