AsosiyDunyo

Dog`istonda sodir bo`lgan portlash oqibatida O`zbekiston fuqarosi ham halok bo`lgani aytilmoqda

'Dog`istonda sodir bo`lgan portlash oqibatida O`zbekiston fuqarosi ham halok bo`lgani aytilmoqda'ning rasmi

Avvalroq, Dog`istonda yoqilg`i quyish shoxobchasida portlash sodir bo`lgani haqida xabar bergan edik. 

Eslatib o`tamiz, portlash oqibatida 30 ga yaqin odam halok bo`lgan, 102 kishi jarohatlangan. Shuningdek, respublikada 15 avgust motam kuni deb e`lon qilindi.

Telegramlardagi so`nggi xabarlarga ko`ra, ushbu portlashda bir nafar O`zbekiston fuqarosi halok bo`lgan. U 1990 yilda tug`ilgan N.R. ekani aytiladi. O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bu borada hozircha rasmiy ma`lumot e`lon qilgani yo`q.

    Boshqa yangiliklar