AsosiyJinoyat

Toshkentda soxta hujjatlar bilan “Renessans” universitetining 3-bosqichiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan fuqaro ushlandi

'Toshkentda soxta hujjatlar bilan “Renessans” universitetining 3-bosqichiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan fuqaro ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unda fuqaro Z.Ya. fuqarolar S.T. va B.T.ga tanishlari yordamida xorijiy Oliy o`quv yurtida o`qiganligi haqida soxta hujjatlar tayyorlab berib, Toshkent shahridagi “Renessans” nomli xususiy oliy ta`lim universitetining 3-bosqichiga o`qishga kiritib qo`yishi evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Andijon shahar bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.O. fuqaro T.X.ning qo`shni Qirg`iz Respublikasi O`sh davlat universiteti “Musiqa” fakultetidagi o`qishini tanishlari orqali  Andijon davlat universitetining “Musiqa ta`limi” yo`nalishiga ko`chirib berishi evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Qo`rg`ontepa tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.A.  fuqaro T.O.ni  tanishlari yordamida Andijon davlat universitetida o`qishga kiritib qo`yishi evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar