Shu yil 29 oktyabrdan boshlab "Uzbekistan Airways" Toshkent – Myunxen – Toshkent yo`nalishida havo qatnovlarini amalga oshirishni boshlaydi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Aviatashuvchi ma`lumotiga ko`ra, parvozlar haftasiga ikki marta, chorshanba va yakshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq bajariladi:
-Toshkentdan jo`nab ketish soat 06:25 da
-Myunxenga etib kelish soat 9:20 da
-Myunxendan jo`nab ketish soat 10:45 da
-Toshkentga etib kelish soat 21:05 da
15 avgustdan boshlab aviachiptalarni xarid qilish mumkin.






