Ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadigan talabalar ro`yxati e`lon qilindi .
- "Mehribonlik uylari" tarbiyalanuvchilari, qaramog`idan mahrum bo`lgan talabalar;
- "Ijtimoiy himoya yagona reestri", "Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari hamda "Yoshlar daftari"dagi talabalar;
- I va I guruh nogironligi bo`lgan talabalar;
- bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta`lim shaklida ikki yoki undan ortiq to`lov-shartnoma asosida o`qiyotgan oilalar farzandlari;
- xalqaro fan olimpiadalari, O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan o`tkaziladigan Respublika fan olimpiadalarida g`oliblikni qo`lga kiritgan talabalar;
- "Yil talabasi" va "Talabalar teatr studiyalari" ko`rik-tanlovlarining Respublika bosqichi g`olibi bo`lgan talabalar;
- oliy ta`lim muassasalari talabalari o`rtasida o`tkazilgan "Zakovat" intellektual o`yinining Respublika bosqichida g`oliblikni qo`lga kiritganlar;
- talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardorlari bo`lgan talabalar.






