Kecha, 16 avgust kuni Andjon viloyatining Buloqboshi tumanida elektr transformator yonib ketdi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, soat 22:30 da Buloqboshi tumanidagi 35/10 kVli «Buloqboshi» podstansiyasida yong`in chiqqan 1-transformatorning yonishi natijasida ushbu hududdagi 1000 ga yaqin iste`molchilar elektr ta`minotidan uzilgan.
Yong`in Favqulodda vaziyatlar bo`limi tomonidan qisqa vaqt ichida o`chirilgan.
Elektr ta`minotidan uzilgan iste`molchilar soat 23:45 da podstansiyadagi 2-transformator orqali tarmoqqa to`liq ulangan.






