AsosiyJamiyat

Samarqandda ikki hamshirani kaltaklagan ayolga sud hukmi o`qildi (video)

'Samarqandda ikki hamshirani kaltaklagan ayolga sud hukmi o`qildi (video)'ning rasmi

Samarqanddagi tibbiyot birlashmasida shifokorlar o`zaro janjallashishi natijasida ikki nafar hamshira ayolga jiddiy jarohat etkazilgani, bir ayolga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgandi.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan tibbiyot birlashmasida sayyor sud majlisi bo`lib o`tdi.

Jabrlanuvchi ikki ayol sudlanuvchi ayolni jarrohlik bo`limiga oilaviy o`rnashib olganini aytib, boshqa bo`limga o`tkazilishi, shuningdek, unga qonuniy jazo berilishi kerakligini aytdi.

“Agar o`sha vaqtda o`zimni himoya qilmaganimda, ikkita bolam etim qolar edi”, — dedi sudlanuvchi ayol unga o`ldirish bilan tahdid qilishganini aytib.

Sud hukmiga ko`ra, ayol JKning 109-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga 1 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

 

    Boshqa yangiliklar