Amerikaning Forbes jurnali mamlakat prezidenti Jo Baydenning O`zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoevga yo`llagan maktubini e`lon qildi.
AQSh prezidenti o`z maktubida ikki mamlakat o`rtasidagi aloqalar yangi bosqichga ko`tarilganini ta`kidlab, buning uchun o`zbekistonlik hamkasbiga minnatdorchilik bildirgan.
Shuningdek, u O`zbekistonda gender tengligini ta`minlashga qaratilgan chora-tadbirlar va ularning natijalarini e`tirof etgan.
Bundan tashqari, Jo Bayden Shavkat Mirziyoevni sentyabr oyida bo`lib o`tadigan BMT Bosh Assambleyasi yig`ilishi hamda C5+1 uchrashuvida ishtirok etish uchun taklif qilgan.
18.08.2023 18:44
Mirziyoev sentyabrda AQShga tashrif buyurishi mumkin






