AsosiyJamiyat

Asosiy maqsad – ta`lim muassasalarida xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish

'Asosiy maqsad – ta`lim muassasalarida xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish'ning rasmi

Xorijiy tilni bilish hayotda o`z o`rnini topishda asosiy shartga aylanib ulgurdi. Ona tilingizdan tashqari kamida bitta xorijiy tilni bilmas ekansiz, jahon bo`ylab yuqori daromadli ish o`rniga ega bo`lish, tajriba almashish, bilimlarni oshirish haqida o`ylamasangiz ham bo`ladi.

Chet tili o`rganishni ommalashtirish bugungi ta`lim tizimidagi ustuvor maqsadlardan biriga aylandi. Buning samarasi esa hozir butun mamlakat bo`ylab yoshlar orasida til o`rganishga bo`lgan qiziqishning keskin ortib ketganida yaqqol yuzaga chiqdi.

“Xorijiy tillarni o`qitish bo`yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman (shahar) hamda viloyat bosqichlari tashkil etilib, 35 ming nafardan ortiq o`quvchilar qamrab olindi.

Toshkent shahri va viloyatlardagi umumta`lim maktablariga 500 nafar xorijlik mutaxassislarni jalb qilish maqsadida “Seak teachers”, “Schrolle”, “Teach away”, “ODEPC”, “ISS”, “World teachers”, “Senior ecperts service”(SES) kabi xalqaro rekruting kompaniyalari bilan muzokaralar o`tkazilib, ulardan tijorat takliflari olindi.

Ma`lumot uchun: 22 ta xorijiy davlatlardan 551 nafar xorijlik ingliz tili mutaxassislarining ma`lumotnomalari o`rganib chiqilib, shulardan 236 nafari bilan suhbat jarayoni tashkil qilindi, 185 nafar xorijlik ingliz tili mutaxassislariga ishga qabul qilish bo`yicha dastlabki takliflar yuborildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar