AsosiyJamiyat

Endilikda ko`chmas mulk tarixini onlayn tekshirish mumkin

'Endilikda ko`chmas mulk tarixini onlayn tekshirish mumkin'ning rasmi

O`zbekiston Vazirlar Mahkamasining 14 avgustdagi qarori bilan Mulk tarixi ma`lumotlarini taqdim etish bo`yicha davlat xizmatini ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi. 

Davlat xizmatidan quyidagi usullar orqali foydalanish mumkin: DXMga tashrif buyurgan holda, YaIDXP yordamida hamda davreestr.uz sayti orqali.

Bunda ko`chmas mulkning kadastr raqamini aks ettirgan holda so`rovnoma to`ldirib, BHMning 0,5 baravarini (165 ming so`m) to`lash lozim.

Natijalar quyidagi shakldagi ma`lumotnoma tarzida 3 ish kunida taqdim etiladi. Ma`lumotnomada ko`chmas mulkka nisbatan amaldagi va oldingi huquqlar (qurilgan yili, maydon kvadraturasidagi o`zgartirishlar),
davlat ro`yxatidan o`tkazilgan sana, huquqni belgilovchi hujjat turi, uni bergan organ va hujjat berilgan sana ko`rsatiladi.

    Boshqa yangiliklar