AsosiyJamiyat

O`zbekistonda talabalarning turar-joy bilan ta`minlanishini nazorat qiluvchi markaz ishga tushdi

'O`zbekistonda talabalarning turar-joy bilan ta`minlanishini nazorat qiluvchi markaz ishga tushdi'ning rasmi

Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo`yicha ma`lumotlar markazi ishga tushdi. Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, barcha davlat oliy ta`lim muassasalari hududiga kirish joylarida maxsus markazlar faoliyati yo`lga qo`yildi.

Bundan ko`zlangan asosiy maqsad talabalarni turar joy bilan ta`minlashda navbatlarning oldini olish, talabalarning turar joysiz qolishlari ehtimolini bartaraf etishdan iborat.

“Markazda ko`ngilli lider yoshlar hamda tyutorlar faoliyat yuritib, turar joyga muhtoj talabalarning yotoqxona va ijara xonadonlari bilan ta`minlanishini nazorat qiladilar, ularga amaliy yordam beradilar”, — deyiladi xabarda.

Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligining ma`lumotlar markazi talabalar shaharchasining eng gavjum yo`laklarida – vazirlik binosi yonida joylashgan bo`lib, u shtab sifatida faoliyat yuritadi.

Shtabda barcha oliy ta`lim muassasalarida tashkil etilgan ma`lumotlar markaziga kelib tushgan so`rovlar va amalga oshirilgan ishlar monitoringi yuritilib, talabalarning turar joy bilan ta`minlanishi uchun amaliy ko`mak ko`rsatiladi.

    Boshqa yangiliklar