AsosiyJamiyat

Prezident 19 avgust kuni Vengriyaga boradi

'Prezident 19 avgust kuni Vengriyaga boradi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan joriy yil 19-20 avgust kunlari amaliy tashrif bilan Budapesht shahrida bo`ladi. Bu haqda O`zA xabar qildi. 

Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Vengriya Bosh vaziri bilan muzokara o`tkazadi, unda mamlakatlarimiz o`rtasidagi amaliy hamkorlikning dastur va loyihalarini ilgari surish masalalari ko`rib chiqiladi.

O`zbekiston Prezidenti faxriy mehmon sifatida Vengriya davlat bayrami – avliyo Ishtvan kuniga bag`ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi hamda Budapeshtda o`tayotgan engil atletika bo`yicha jahon chempionatining erkaklar o`rtasidagi yugurish musobaqalari finaliga tashrif buyuradi.

    Boshqa yangiliklar