AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi

'Dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi'ning rasmi

Dam olish kunlari O`zbekiston hududi bo`yicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, deya xabar beradi O`zgidromet.

Havo harorati yana 1-2 darajaga ko`tariladi va kechalari 18-20 daraja, kunduz kunlari 35-37 daraja atrofida, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 38-39 darajagacha bo`ladi.

Bunday harorat avgust oyi o`rtasi uchun bo`lgan me`yoriy qiymatlarga yaqin va eng issiq yillarda avgust oyida O`zbekiston hududi bo`yicha kuzatilgan haroratdan nisbatan pastdir.

20 avgust kuni shimolda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtimizda: 18-20 avgust kunlari havo kam bulutli bo`ladi. Bugun kunduzi va dam olish kunlari harorat 34-37 daraja bo`ladi. Shamol sharqdan birozdan o`rtachagacha esadi.

    Boshqa yangiliklar