Turk seysmologi Naji Geryur Turkiya kuchli zilzilalar davrini boshdan kechirishini aytdi. Avvalroq ekspert Istanbulda yangi kuchli silkinishlar yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.
Seysmolog tabiiy ofatlar ehtimoli juda yuqori ekanligini ta`kidlab, ularga tayyorgarlik ko`rishni talab qildi. Ekspertning so`zlariga ko`ra, hozir Istanbul zilzilalarga tayyor emas, aholini himoya qilish uchun ko`p ish qilish kerak. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Eslatib o`tamiz, avgust oyi boshida Marmara dengizida Istanbul qirg`oqlari yaqinida 3,3 magnitudali zilzila sodir bo`lgan edi.






