2024 yil 1 yanvardan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida aholi va tadbirkorlarga baliqchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 50 million so`mgacha garovsiz kredit ajratiladi.
“Baliqchilik xo`jaligi ehtiyojlari uchun suv havzalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish hamda baliq ovlash va suv bo`yi turizmi maskanlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–281-son, 18.08.2023 y.) qabul qilindi
Qarorga ko`ra, 2023 yil 1 oktyabrdan quyidagilar tadbirkorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn auksion orqali ijaraga beriladi:
- davlatga tegishli tabiiy va sun`iy suv havzalari (suv omborlari) – baliqni sanoat usulida etishtirish, ovlash va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun;
- tabiiy va sun`iy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan er uchastkalari – suv bo`yida plyaj zonalarini tashkil etish, sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash, baliq ovi, qayiqda suzish va suv sayohati bo`yicha xizmatlar ko`rsatish, baliq mahsulotlari, shu jumladan baliq taomlari savdosi, umumiy ovqatlanish va boshqa turizm xizmatlarini tashkil etish hamda ushbu maqsadlarda engil konstruksiyali qurilmalarni (o`tov lagerlari majmuasi, konteynerlarni) joylashtirish uchun.
Qarorga ko`ra, 2024 yilda respublikada:
➖900 ming tonna baliq etishtirish;
➖35 240 gektar sun`iy suv havzalarini intensivlashtirib, 513 600 tonna baliq etishtirish;
➖9 000 xonadonda intensiv usulda baliq etishtirishni yo`lga qo`yish nazarda tutilgan.
2024 yil 1 yanvardan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida aholi va tadbirkorlarga baliqchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 50 million so`mgacha garovsiz kredit ajratiladi.