“O`zgidromet” 21–23 avgust kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21 avgustda ba`zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21 avgustda 19-24 daraja, 22–23 avgustda 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21 avgustda ba`zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 21 avgustda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja, 22–23-avgustda 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21-avgustda ba`zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21-avgustda ba`zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 21-avgustda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja, 22–23-avgustda 18-23 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21-avgustda ba`zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo`ladi.
Respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 22 avgustda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21-avgustda ba`zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 21-avgustda 24-29 daraja, 22–23-avgustda 20-25 daraja bo`ladi.






