AsosiyJamiyat

Maktablarda o`quvchilarni bitta kasb-hunarga o`rgatish amaliyoti yo`lga qo`yiladi

'Maktablarda o`quvchilarni bitta kasb-hunarga o`rgatish amaliyoti yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

O`zbekistonda 2023-2024-o`quv yilidan boshlab umumta`lim maktablarida o`quvchilarni bitta kasb-hunarga o`rgatish amaliyoti yo`lga qo`yiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi xabar berdi.

O`quvchilarga o`rgatiladigan bitta kasb-hunar turi va ular amaliyoti yo`lga qo`yiladigan umumiy o`rta ta`lim muassasalari ro`yxati shakllantirildi. Bunga ko`ra, umumiy o`rta ta`lim muassasalarida “Kasbiy ta`lim” fani uchun ajratilgan o`quv soatlari o`quvchilarga o`rgatiladigan kasb-hunar turidan kelib chiqqan holda taqsimlanadi.

Tanlab olingan 208 ta maktabda o`quvchilar qiziqishidan kelib chiqib, quyidagi 3 yo`nalishlardan biri bo`yicha kasb-hunar o`rgatiladi:

  • ishchi kasblar (hududning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatidan kelib chiqib, tadbirkor va hunarmandlar jalb qilingan holda 64 turda),
  • tadbirkorlik (21 turdagi ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalari bo`yicha),
  • zamonaviy kasblar (10 dan ortiq axborot texnologiyalari va kreativ industriya yo`nalishi bo`yicha)

O`quvchilarga o`rgatiladigan bitta kasb-hunar turi va ular amaliyoti yo`lga qo`yiladigan umumiy o`rta ta`lim muassasalari ro`yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Ma`lumot uchun, 2023-2024-o`quv yilida 17 ming nafardan ortiq umumiy o`rta ta`lim muassasalarining 10-sinf o`quvchilariga kasb-hunarga o`rgatiladi.

    Boshqa yangiliklar