AsosiyJamiyat

Farg`onalik erkak Suriyadagi terrorchilik tashkilotini moliyalashtirib kelgani aniqlandi

'Farg`onalik erkak Suriyadagi terrorchilik tashkilotini moliyalashtirib kelgani aniqlandi'ning rasmi

O`zbekistonlik erkak Suriyadagi terrorchilik tashkiloti faoliyatini qo`llab-quvvatlab, moliyalashtirib kelgani aniqlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, holat Ichki ishlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar davomida aniqlangan. 1994 yilda, Farg`ona viloyatida tug`ilgan G`.O. ismli shaxs Janubiy Koreya davlatiga borib, u erda “Imom al-Buxoriy katibasi” terrorchilik tashkiloti etakchilari bilan aloqa o`rnatib, ularning noqonuniy faoliyatini moliyalashtirib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 155, 244-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar chet davlatlarida faoliyat yuritayotganingizda yoki ta`lim olayotganingizda ogoh bo`ling. Terrorchilik tashkilotlari yollovchilarining ta`siriga tushish hamda ularning faoliyatida qatnashish og`ir oqibatlarga olib kelishini unutmang! O`z taqdiringizga befarq bo`lmang”, — deyiladi vazirlik xabarida.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar