Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasida va Navoiy viloyatining cho`l xududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39° bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 37-39° bo`ladi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 24-29° bo`ladi.
21.08.2023 08:19
Bugun Qoraqalpog`iston va Navoiyda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin






