AsosiyJamiyat

O`zbekiston-Vengriya o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlar yo`lga qo`yildi (video)

'O`zbekiston-Vengriya o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlar yo`lga qo`yildi (video)'ning rasmi

O`zbekiston va Vengriya o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlar yo`lga qo`yildi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi.

Toshkent – Budapesht yo`nalishida amalga oshirilgan ilk parvozda yo`lovchilar bilan bir qatorda O`zbekiston aviasiya ma`muriyati vakillaridan iborat delegasiya Vengriyaga tashrif buyurdi.

Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda ilk reys tantanali ravishda kutib olindi.  Tashrif davomida Vengriya fuqaro aviasiya boshqarmasi bosh direktori Mate Louinger bilan muzokaralar bo`lib o`tdi.

Eslatib o`tamiz, Toshkent – Budapesht o`rtasidagi muntazam aviaqatnovlar “Qanot sharq” aviakompaniyasi tomonidan haftada bir marotaba amalga oshiriladi. Reyslar Airbus A-320 havo kemasida bajariladi.

    Boshqa yangiliklar