"O`zgidromet" haftalik ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, 21-25 avgust kunlari O`zbekiston hududining katta qismida havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat bugun kunduzi respublikaning shimoli-g`arbiy hududlarida ba`zi joylarda va 22-24 avgust kunlari ayrim tog`li hududlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
Havo harorati asosan kechalari 18-23 daraja, kunduzi 21 avgustda 34-39 daraja, 22-23 avgustda 32-37 daraja, 24-25 avgustda 34-39 daraja bo`ladi.
O`zbekistonning shimoli-g`arbiy hududlariga 25 avgust kuni Volga bo`yi hududlaridan salqin havo massasi tarqala boshlaydi. Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat 30-35o gacha pasayadi.
21 avgustda shimolda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda: havo kam bulutli bo`ladi. Kunduzgi harorat 25 avgustda 37-39 daraja, 22-25 avgustda 34-37 daraja bo`ladi. Harorat kechalari 19-22 daraja atrofida bo`ladi. Shamol sharqdan birozdan o`rtachagacha esadi.






