Adliya vazirligi tomonidan To`liq moddiy javobgarlik to`g`risida o`zi bilan yozma shartnomalar tuzilishi mumkin bo`lgan xodimlar egallaydigan lavozimlar va ishlarning namunaviy ro`yxati (ro`yxat raqami 3452, 21.08.2023 y.) davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar qildi.
Ta`kidlanishicha, ushbu namunaviy ro`yxatda to`liq moddiy javobgarlik to`g`risida o`zi bilan yozma shartnomalar tuzilishi mumkin bo`lgan xodimlar egallaydigan 26 ta ish turlari bo`yicha 177 ta kasblar va lavozimlar belgilab berilgan.
Jumladan, ombor, g`azna va boshqa bo`linmalarda rahbarlik ishlari, farmasevtika sohasidagi ishlar, muhandis-kimyogarlik ishlari, kassirlik ishlari, mahsulotlarni sotish ishlari bo`yicha kasb va lavozimlar keltirilgan.
Ma`lumot uchun: Mehnat kodeksining 343-moddasida to`liq moddiy javobgarlik to`g`risida o`zi bilan yozma shartnomalar tuzilishi mumkin bo`lgan xodimlar egallaydigan lavozimlar va ishlarning namunaviy ro`yxati Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanishi nazarda tutilgan.






