AsosiyJamiyat

Surxondaryoda yuz minglab baliqlar nobud bo`ldi

'Surxondaryoda yuz minglab baliqlar nobud bo`ldi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan “Oltinsoy Golden Invest” MChJ rahbarining baliqlari nobud bo`lganligi haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali yo`llagan murojaati o`rganildi. Bu haqda Uzreport yozmoqda. 

O`rganishda, 14.10.2019 yildan buyon ijara shartnomasi asosida “Degrez” suv omboridan “Oltinsoy Golden Invest” MChJ baliqchilikni rivojlantirish maqsadida foydalanib kelayotgan bo`lsada, Amu-Surxon irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig`i birinchi o`rinbosari A.X.ning topshirig`i bilan 18.06.2023 yildan 26.06.2023 yilgacha “Degrez” suv omboridan 2 mln. 970 ming3 suv “Po`stin” kanaliga chiqarib yuborilishi oqibatida baliqlar nobud bo`lib, jamiyat manfaatlari va hayvonot dunyosiga 50 mln. 688 ming so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, A.X. ning topshirig`i bilan “Oltinsoy-Hazarbog`” kanalidan “Po`stin” kanaliga 06.05.2023 yilda 12 m3/s suv ochilishi oqibatida “SURXON-TEXNO” MChJ tomonidan 2023 yil aprel-may oylarida “Degrez” suv omboriga kirish qismi va undagi sharsharada amalga oshirilgan qurilishning beton qismi qotmaganligi bois qurilish ob`ektini suv yuvib, yaroqsiz holatga keltirgan.

Shuningdek, “SURXON-TEXNO” MChJ tomonidan mazkur ob`ektda 2023 yil may oyida qayta qurilish-ta`mirlash ishlari amalga oshirilib, betonning loyihaviy rusumiga javob beruvchi qotish muddati kamida 28 kunni tashkil etsada, A.X. ning topshirig`i bilan 05.06.2023 yilda yana “Po`stin” kanaliga 11 m3/s suv ochilib, beton qismi qotmaganligi sababli suv yuvib ketib, ob`ektni butunlay yaroqsiz holatga keltirgan.

Yuqoridagi 2 ta holatda “Po`stin” kanaliga suv ochilib, “SURXON-TEXNO” MChJ  tomonidan “Degrez” suv omboriga kirish qismi va undagi sharsharada qayta 206 mln. 66 ming 235 so`mlik qurilish-ta`mirlash ishlari amalga oshirilishi natijasida jamiyat manfaatlariga juda ko`p miqdorda zarar etkazilgan.

Shu bilan birga, A.X. mansab vakolatini suiiste`mol qilib, suvni ochish haqida noqonuniy topshiriqlar berganligi oqibatida “Degrez” suv omboriga kirish qismi va undagi sharsharadagi qurilish-ta`mirlash ishlarining yakuniga etish muddati sun`iy ravishda oshib ketib, suv omboriga etarli suv zaxirasi yig`ilmagan hamda 2023 yilda Sho`rchi tumani “Mustaqillik-10” hududida 155 gektar, “Dalvarzin” hududida 130 gektar, “Ijtimoiy” hududida 95 gektar, “Yalti” hududida 23 gektar jami 403 gektar rejalashtirilgan takroriy ekinlarni ekish imkoni bo`lmasdan davlat va jamoat manfaatlariga jiddiy ziyon etkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan 19.08.2023 yilda Amu-Surxon irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig`i birinchi o`rinbosari A.X. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 205-modda 2-qismi “a” bandi va 202-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha viloyat prokuraturasi organlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar