Vazirlar Mahkamasining "Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo`yicha nodavlat ta`lim xizmatlarini ko`rsatish faoliyatini lisenziyalashga oid qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida"gi qarori qabul qilindi.
Kiritilayotgan o`zgartirishlar bilan avtomaktablarning faoliyatini lisenziyalash pasporti tasdiqlanmoqda. Unga ko`ra:
lisenziya yuridik shaxsga beriladi;
lisenziyalovchi organ – IIV;
arizani ko`rib chiqish uchun yig`im miqdori – BHM 2 baravari, lisenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori – BHMning 10 baravari.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
- yong`in va sanitariya-epidemiologiya xizmati organlarining xulosasi;
- pedagogik kadrlar haqida ma`lumot;
- o`quv reja va dasturlarining elektron nusxalari.
Hujjat 2023 yil 19 noyabrdan kuchga kiradi






