AsosiyJamiyat

Madaniyat vazirligi yuk mashinalari sotib olish uchun yana 8 mlrddan ko`proq mablag` ajratdi

'Madaniyat vazirligi yuk mashinalari sotib olish uchun yana 8 mlrddan ko`proq mablag` ajratdi'ning rasmi

Madaniyat vazirligi buyurtmasiga ko`ra, Isuzu NPR 75L-K rusumli 15 dona yuk transportlari sotib olish uchun davlat byudjetidan 8 mlrd 145 mln so`m ajratilgan. Bu haqda davlat rahbarining PQ-112-son qarorining 5-ilovasida belgilangan.

Shunda davlat byudjeti mablag`lari hisobidan davlat teatrlari va "O`zbek davlat sirki" uchun avtobus va yuk transport vositalari beriladi.

Ma`lumot o`rnida, bu furgonlardan ko`chma teatr va konsert tomoshalarini namoyish qilish uchun foydalanilishi mumkin.

Eslatib o`tamiz, avvalroq, vazirlik 8 mlrd so`mga zamonaviy ko`rinishdagi avtomobil sotib olgan edi. 

    Boshqa yangiliklar