48 200 AQSh dollarini noqonuniy olib chiqishga uringan shaxs bojxonada qo`lga tushdi. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Amaldagi tartiblarga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda doimiy yashash joyiga ega bo`lgan va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga 100 million so`m ekvivalentiga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda naqd xorijiy valyutani yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatgan holda erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi.
Kuni kecha, O`zbekiston Respublikasidan qo`shni davlatga o`tish uchun “G`ishtko`prik” chegara bojxona postiga piyoda holda yashil yo`lak orqali kirib kelgan fuqaro qo`l yuklari bojxona ko`zdan kechiruvidan o`tkazilganida, qo`l sumkasi ichidan yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan 48 200 AQSh dollari naqd xorijiy valyutasini noqonuniy ravishda olib o`tayotganligi aniqlandi.
Hozirda bojxona organlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






