Toshkentda 12 yoshli qiz bedarak yo`qoldi, deya xabar bermoqda UzAlert - O`zbekistondagi qidiruv-qutqaruv otryadi.
Unda aytilishicha, Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanidan bo`lgan qiz 19 avgust kuni Toshkent shahrining Olmazor metrosi hududiga kelgan va bedarak yo`qolgan.
Ma`lumotga ega shaxslar +998881980610 yoki 102, +998975232241 raqamlariga qo`ng`iroq qilishi mumkin.






