Samarqand shahrida 49 kishi tez ovqatlanish kafesida tayyorlangan taomdan zaharlanib, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi. Bu haqda STV telekanalida xabar berildi.
Ma`lum qilinishicha, bir oilaning to`rt nafar a`zosi shaharning Rudakiy ko`chasida joylashgan umumiy ovqatlanish markazida hot-dog iste`mol qilgan. Ularning uch nafari — voyaga etmagan bolalar kechga yaqin ko`ngil aynishi, tana haroratining ko`tarilishi tashxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Shifoxonaga 49 kishi yotqizilgan.
Bemorlarning barchasi shahar markazida joylashgan Fast-food markazida hot-dog iste`mol qilganidan keyin sog`lig`ida o`zgarishlar kuzatilganini aytgan.
Shifoxonaga keltirilgan bemorlarning 29 nafariga uyiga javob berilgan. Qolgan 20 nafarida muolajalar davom ettirilmoqda. Shifikorning so`zlariga ko`ra, ularning ahvoli ancha yaxshi.
Hozirda ushbu ovqatlanish shoxobchasi faoliyati to`xtatilgan. O`sha kuni hot-dogga solingan mahsulotlar namunalari viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasiga topshirilgan.






