AsosiyJamiyat

O`zbekistonda avtoraqamlar uchun to`lovlar miqdori oshirilmoqda

'O`zbekistonda avtoraqamlar uchun to`lovlar miqdori oshirilmoqda'ning rasmi

Ichki ishlar vazirining buyrug`iga ko`ra, 2023 yil 1 noyabrdan e`tiboran bir qator to`lovlar oshirilmoqda. Bu haqda sobiq deputat Rasul Kusherbaev xabar berdi.

Unga ko`ra quyidagi yangi to`lov miqdorlari belgilangan:

  • Avtotransport vositalariga ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilari(RO`DRB) uchun BHMning 3,5 baravari miqdorida (amalda BHMning 1,5 miqdori);
  • Mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalarga (yarim tirkamalar) RO`DRB uchun BHMning 1,75 baravari miqdorida (amalda BHMning 75 foizi);
  • Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir juft RO`DRB o`rniga yangi RO`DRB berish uchun BHMning 3,5 baravari miqdorida (amalda BHMning 1 baravari);
  • Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona RO`DRB o`rniga yangi RO`DRB berish uchun BHMning 1,75 baravari miqdorida (amalda BHMning 50 foizi miqdorida).

Shuningdek:

  • yo`qotilgan bir dona yoki bir juft RO`DRB o`rniga yangi bir juft RO`DRB berish uchun BHMning 3,5 baravari miqdorida undiriladi;
  • yo`qotilgan bir dona RO`DRB (mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun) o`rniga yangi bir dona RO`DRB berish uchun BHMning 1,75 baravari miqdorida undiriladi;

RO`DRBni o`n ikki oy muddatdan so`ng yana bir yil muddatga saqlaganlik uchun BHMning 1 baravari miqdorida undiriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar