AsosiyJamiyat

Tadbirkorlik subektlari soliq organlarida masofadan hisobga qo`yiladi

'Tadbirkorlik subektlari soliq organlarida masofadan hisobga qo`yiladi'ning rasmi

Tadbirkorlikka berilayotgan e`tibor, ro`yxatdan o`tkazishdagi qulayliklar natijasida ular soni ortib bormoqda. Joriy yil boshidan bugungi kunga qadar 59,7 mingta yuridik shaxs va 58 mingta YTT  (https://t.me/fiskaltahlil/310)davlat ro`yxatidan o`tib bir vaqtda soliq organlarida ham hisobga olindi.  

2022 yil tovar aylanmasi bo`yicha soliq to`lovchilarning  492,4 mingtasi kichik, 8,6 mingtasi o`rta va 1,4 mingtasi yirik tadbirkorlik subektini tashkil etmoqda.

O`tgan 7 oy davomida tovar aylanmasi 10 mlrd so`mdan oshgan o`rta tadbirkorlik subektlari  9622 tani tashkil etib, 1 yanvar holatiga nisbatan 1 024 taga ko`paydi.

    Boshqa yangiliklar