Eron prezidenti Ibrohim Raisiy mamlakat Qurolli kuchlari “Eronga qarshi tajovuzkorona ko`tarilgan har qanday qo`lni chopib tashlashini” aytdi. Bu haqda FarsNews nashri xabar bermoqda.
Raisiy Mudofaa sanoati kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligi rahbariyati va harbiy-sanoat kompleksi vakillari bilan uchrashuvda bu gaplarni aytib o`tdi. U mamlakat mudofaa sanoati Eron xavfsizligini ta`minlash va mustahkamlashda Qurolli kuchlarni qo`llab-quvvatlashini ta`kidladi. Shu bilan birga, prezident qattiq sanksiyalarga qaramay, Eronning mudofaa va yadro sanoati sezilarli yutuqlarga erishganini ta`kidladi.
“Bugun biz Eronni ilg`or va texnologik davlat sifatida dunyoga ishonch bilan tanitishimiz mumkin, bu yosh olimlarimizning sa`y-harakatlari va mohir qo`llari tufaylidir. Bunga Islom inqilobi oliy etakchisi rahnamoligida erishildi”, — dedi Raisiy.






