AsosiyJamiyat

Saudiyalik tadbirkor Farg`onada “Arablar shaharchasi” nomi ostida turistik dam olish maskanini barpo etmoqchi

'Saudiyalik tadbirkor Farg`onada “Arablar shaharchasi” nomi ostida turistik dam olish maskanini barpo etmoqchi'ning rasmi

Ayni paytda u Farg`ona vodiysida “Arablar shaharchasi” nomi ostida turistik dam olish maskanini barpo etishni rejalashtirmoqda.

Mamlakatimizning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi O`zbekiston turizm infratuzilmasini rivojlantirishga xorijiy investisiyalarni jalb qilish maqsadida Toif shahridagi yirik tadbirkorlardan biri bo`lmish Yusuf Turkistoniy bilan uchrashuv o`tkazdi. 

Suhbat davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli o`zgarishlar, iqtisodiyotni liberallashtirish va tashqi savdoni rivojlantirish yo`lidagi islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan biznes-qulayliklar haqida batafsil ma`lumot berildi.

O`z navbatida, Yusuf Turkistoniy O`zbekistondagi biznesini kengaytirish harakatida ekanligini ma`lum qildi. Jumladan, ayni paytda u Farg`ona vodiysida “Arablar shaharchasi” nomi ostida turistik dam olish maskanini barpo etishni rejalashtirmoqda.

Suhbatdoshning ta`kidlashicha, ushbu turistik maskanni Farg`ona shahri va Chimyon sanatoriyasi o`rtasidagi adirliklarda 15 gektar er maydonda barpo etish mo`ljallanmoqda. Loyihaning umumiy qiymati qariyb 3 million dollarni tashkil etadi. Shu munosabat bilan u joriy yilning sentyabrida O`zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar