AsosiyJamiyat

Mahmud Muradov operasiya bo`ldi

'Mahmud Muradov operasiya bo`ldi'ning rasmi

Mahmud Muradov Chexiyada operasiya bo`ldi. Bu haqida sportchi o`z Instagram sahifasida ma`lum qildi.

Chexiyada o`zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Muradovning oyog`ida jarrohlik amaliyoti o`tkazildi. 

Unga ko`ra, bugun, 22 avgust kuni sportchi tizzasidan operasiya qilingan va amaliyot muvaffaqiyatli yakunlangan.

“Hammaga salom! Biz Chexiyaga etib keldik va bugun oyog`imni operasiya qildirdik. Xudoga shukr hammasi yaxshi o`tdi. Endi reabilitasiya jarayonlaridan o`tib olishim kerak. Shu yil yakuniga qadar yana bitta jang o`tkazmoqchiman, albatta sizning qo`llab-quvvatlashingiz bilan. Hammaga rahmat”, deydi Mahmud Muradov.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar