Avval xabar qilganimizdek, 2023 yil 14 avgust kuni Dog`istonda yoqilg`i quyish shoxobchasida sodir bo`lgan portlashda 30 ga yaqin odam halok bo`ldi, yana 75 kishi jarohat oldi.
Maxachqal`a chekkasida ro`y bergan portlashda to`rt nafar O`zbekiston fuqarosi halok bo`ldi. Bu haqda TASS agentligiga Dog`iston rahbari matbuot xizmati xabar bergan.
Yig`ilishda Dog`iston rahbari Sergey Melikov Maxachqal`a chekkasida yoqilg`i quyish shoxobchasi oldida sodir bo`lgan portlash natijasida xorijiy davlatlar fuqarolari halok bo`lganini aytdi.
"Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, Maxachqal`a chekkasida sodir bo`lgan portlash oqibatida to`rt nafar O`zbekiston fuqarosi halok bo`lgan. Halok bo`lganlarning oilalariga 1 million rubl miqdorida yordam ko`rsatiladi", - dedi manba.
Fojiadan bir necha kun o`tib Dog`iston jamg`armalari halok bo`lganlar va jarohatlanganlarning oilalariga yordam ko`rsatish uchun 100 million rubldan ortiq mablag` yig`gan.






