AsosiyJamiyat

Elektrobus haydovchilariga boshqa avtoparklardagi bo`sh "zaryadka" joylar bo`lib berildi

'Elektrobus haydovchilariga boshqa avtoparklardagi bo`sh "zaryadka" joylar bo`lib berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "2-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi elektrobus haydovchilarining murojaat videosi tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo`ldi. 

Haydovchilar elektrobuslarni zaryadlash jarayonida qator muammolarga duch kelayotganligini, soatlab "zapravka" larda qolib ketayotganligini bildirgan. Shuningdek, haydovchilar oylik ish haqining kechikayotganligini ham ta`kidlagan.

"Kechqurun"zapravka"ga kelamiz, ertalabgacha turamiz. Bu birinchi kun emas. Har kuni shu ahvol. Qachon yuramiz, qachon plan topshiramiz? Bizning ham oilamiz, ro`zg`orimiz bor. Soat 9-10gacha "zapravka"da qolib ketyapmiz", - deydi haydovchilar.

Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati rasmiy izoh berdi.

Ma`lum qilinishicha, elektrobuslarni quvvatlashda yuzaga kelgan texnik nosozliklar hamda haydovchilarning oylik maoshlari bilan bog`liq muammolarni tezkor bartaraf etish maqsadida, "Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruv raisi, mutasaddi xodimlar va haydovchilar ishtirokida uchrashuv tashkil etilgan.

Uchrashuvda haydovchilarni qiynab kelgan muammolar tinglanib, ushbu muammolarga tezkor echim topishda batafsil ma`lumot berilgan. Murojaatimizdan keyin uchrashuv o`tkazilib, boshqa avtoparklardagi "zaryadka" joylar bo`lib berildi. Oylikni ham shu hafta tushirib berishi aytilgan.

 

    Boshqa yangiliklar