Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi 162-sonli maktab direktori ishga qayta tiklandi. Bu haqda MIB Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum bo`lishicha, Fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudining 12.07.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan Kazakova Irina Mixaylovnani Yakkasaroy tumanidagi 162-sonli maktab direktori lavozimiga ishga tiklash to`g`risidagi ijro hujjati yuzasidan Byuroning Mirzo Ulug`bek tuman bo`limi davlat ijrochisi Sh.Isroilovning olib borgan ijro harakatlari natijasida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi boshlig`ining 07.08.2023 yildagi 300-sonli buyrug`i bilan I.M.Kazakova avvalgi lavozimiga ishga tiklanishiga erishildi.
Shu bilan birga I.M.Kazakovaning haq-huquqlari tiklanib, bo`lim ish yurituvidagi ijro xujjati amalda tamomlanishi ta`minlandi.






