Xitoyning Shensi muzofotidagi ko`mir konida portlash yuz berdi va 11 kishi halok bo`ldi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
21 avgust kuni Sintay shaxtasida hodisa sodir bo`lgan payt 90 kishi ishlayotgan bo`lgan.
Qutqaruvchilar ma`lumotiga ko`ra, 81 nafar konchi er yuzasiga chiqishga muvaffaq bo`ldi, biroq ulardan ikki nafari og`ir jarohat tufayli vafot etdi. 11 kishi engil tan jarohati olgan.
Bugun ertalab er ostida qolib ketgan 9 ishchining jasadi topildi.
Hozirda voqea joyida o`t o`chiruvchilar, qutqaruvchilar, favqulodda xizmat va polisiya xodimlari ishlayapti.






