Toshkentning uch tumani Mirobod, Yashnobod va Sergelining ayrim hududlarida gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra, ta`mirlash ishlari tufayli 2023 yil 25 avgust kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha Mirobod, Yashnobod va Sergeli tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha to`xtatiladi.
- Mirobod tumani: “Fayziobod” va “Oq uy” mahallalari
Aholi xonadonlari soni — 1 520 ta;
Ulgurji iste`molchilar soni — 7 ta. - Yashnobod tumani: Iltifot, Donishmand, Xosiyatli, Jarqo`rg`on, “Yangi davr”, “Aslobod” mahallalari;
Aholi xonadonlari soni — 4 270 ta. - Sergeli tumani: “Madaniyat”, “Xalqobod”, “Birdamlik”, “Shukrona” mahallalari
Aholi xonadonlari soni — 5 382 ta;
Ulgurji iste`molchilar soni — 32 ta.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta`minoti filiali iste`molchilardan uzr so`radi.






