1

Yashil «aptechka» - isitmani tushiruvchi, quloq og`rig`ini davolovchi va teri kasalliklarida foydali gullar

Salomatlik 21.10.2016, 09:48
Teglar: Salomatlik
Yashil «aptechka» - isitmani tushiruvchi, quloq og`rig`ini davolovchi va teri kasalliklarida foydali gullar

Uy o`simliklari nafaqat xonadonimizga ko`rk beradi, havoni tozalaydi va turli kasalliklarga davo bo`la oladi.

Aloe shoxchasini bosh to`pdan olingan, suvga solib ildizlatilgan novdasidan yoki qalamchasidan olib  o`stiriladi. O`simlikni maxsus kaktus uchun mo`ljallangan tuproqqa ekish samarali. Aloe alohida parvarish talab qilmaydigan gul. Uni uyingizning janub tomoniga qo`ysangiz, yaxshi o`sadi. Ushbu gulga yoz oylarida etarlicha suv quyish kerak bo`lsa, qish faslida oyda 2-3 marta sug`orishning o`zi kifoya. Yana unutmangki, suv quyganingizdan keyin gultuvakning tagidagi likopchada suv bo`lsa, uni to`kib tashlash zarur. Chunki ortiqcha namlik aloe ildizini chiritib yuboradi.

Shifobaxsh xususiyatlari: aloe tabiiy antibiotik sanaladi. Yallig`lanishga qarshi va isitma tushiruvchi ta`sirga ega. Gulning sharbati va eti (myakot)ni kompress, damlama, qaynatma sifatida ishlatish mumkin. Davo uchun 15 sm.dan oshiq bo`lgan aloe barglarini qo`llash lozim. Shuningdek, 3 yildan katta bo`lgan aloe o`simligi davolovchi ta`sirga ega bo`ladi.

 

Kalanxoeo`z nomi bilan «shifokor» gul. Uning degremon navli turining davolovchi ta`siri kuchli. O`simlik yorug`likni yaxshi ko`radi, yoz oyida unga o`rtacha suv quying, qish kunlarida esa gulga suv purkamang. Gul barglarining ajoyib xususiyati bor: bargning chetida ildiz otgan novdalar o`sib chiqadi. Bu novdalar erga to`kilib, tezda ildiz otadi. Agar gul yonida boshqa gul tuvaklari bo`lsa, u tez fursatda boshqa tuvaklarni ham ishg`ol qila boshlaydi.

Shifobaxsh xususiyatlari: gul bargining sharbati va damlamasini tashqi dori sifatida qo`llash mumkin. Gulning toza sharbati yallig`lanish qarshi samarali vosita. Uning yordamida turli teri kasalliklari, chipqon, yaralar, kuyish va kesilgan joylarni davolash mumkin.

 

Muattar kalliziya — «uy jenshen»i. O`simlik quyosh nurlarini yoqtirmaydi. Uni kun botish yoki sharqiy tarafda o`stirish lozim. Suvsizlikdan o`simlik barg to`kadi. Muattar kalliziyani qalamchalardan yil davomida o`stiriladi.

Shifobaxsh xususiyatlari: barglarini yara, jarohatlar, ko`kargan joylarga bog`lash mumkin. O`simlik faqat ma`lum bir vaqtdan keyin, ya`ni novdasida 9 ta «bo`g`incha»lar paydo qilib, bu «bo`g`incha»lar binafsha rangga kirgandan keyingina foydali xususiyatga ega bo`la boshlaydi.

 

Muattar pelargoniya (dushistaya pelargoniya) quyosh nurlarini yaxshi ko`radi. Yozda, toza havoda gul yanada gurkiray boshlaydi. O`simlik gullay boshlaganda unga ko`proq suv quyish lozim. Ammo ko`p suv qo`yilsa, barglari to`kila boshlaydi. Yana gul novdalarini qirqib turish kerak. Kesilgan novdachalarni suvga solib qo`yilsa, ikki hafta ichida ildiz chiqaradi. Bitta tuvakka bir necha xil muattar pelargoniyadan ekilsa, uyga o`zgacha ko`rk beradi.

Shifobaxsh xususiyatlari: bakteriyalarga qarshi ta`sirga ega. Barglarini jarohat yoki og`riyotgan joyga bosiladi. Xalq tabobatida bu guldan bolalar quloq og`rig`ini davolashda foydalaniladi. Gul bargini quvurcha shaklida o`rab, og`rigan quloqqa tiqib qo`yiladi, bir qancha vaqtdan keyin og`riq pasaya boshlaydi.

 

Muattar rozmarin ham quyosh nurini yoqtiradi. Gul tuprog`ini quruqlashib qolishidan asrang. Ko`paytirish uchun 3-4 sm. uzunlikdagi gul novdasini nam qumga qadab, ustidan sellofan paket yopish lozim. 3-4 haftadan keyin ildiz otgan o`simlikni boshqa gultuvakka ko`chiriladi.

Shifobaxsh xususiyatlari: o`simlik ifori bakteriyalarni o`ldiradi va uy havosini tozalaydi. Barglaridan tayyorlangan damlamadan quvvat oshiruvchi va safro haydovchi vosita sifatida foydalaniladi.

FAYRUZA tayyorladi

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1