AsosiyJamiyat

Endi ko`p kvartirali uylardagi ko`chmas mulk bilan bog`liq bitimlar qarzdorlik mavjud emasligi tekshirilgandan so`ng tasdiqlanadi

'Endi ko`p kvartirali uylardagi ko`chmas mulk bilan bog`liq bitimlar qarzdorlik mavjud emasligi tekshirilgandan so`ng tasdiqlanadi'ning rasmi

“Ko`p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. 

Qarorga ko`ra, respublikadagi chegaralari belgilanmagan ko`p kvartirali uylarning tutash er uchastkalari chegaralari belgilanib, “YERELEKTRON” axborot tizimiga kiritiladi.  

2024 yil 1 yanvardan:

- ko`p kvartirali uylardagi ko`chmas mulk bilan bog`liq bitimlar  notariuslar tomonidan mulkdorning majburiy badallar yoki to`lovlar bo`yicha qarzdorligi mavjud emasligi tekshirilgandan keyin tasdiqlanadi;

- majburiy badallarning yoki to`lovlarning eng kam miqdori Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi;

- agrotexnik ishlov berishdan hosil bo`ladigan (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) va ko`p kvartirali uylarga tutash hududlarni tozalashdan hosil bo`lgan chiqindilarni maishiy chiqindilarni to`plash punktlarida yoki chiqindilarni olib chiqib ketish operatorlari bilan kelishilgan maxsus joylarda yig`ishga ruxsat etiladi.  

Shirkatlar va boshqaruvchi tashkilotlarning hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oldidagi qarzdorligi va ular uchun hisoblangan jarimalarning to`lov muddati 2024 yil 1 oktyabrgacha kechiktiriladi.

Qaror bilan shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga quyidagi qo`shimcha vakolatlar beriladi:

- ko`p kvartirali uylarni boshqarish organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik ta`minotidan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

- ko`p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulk va ularga tutash er uchastkalarida amalga oshirilgan ta`mirlash-tiklash ishlarining qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar