AsosiyJamiyat

Prezident Samarqandga jo`nab ketdi

'Prezident Samarqandga jo`nab ketdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev islohotlarning joylardagi ijrosi, aholi hayoti bilan tanishish maqsadida Samarqandga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida ta`lim maskanlaridagi sharoitlar, yangi inshootlar, sanoat korxonalari va xizmat ko`rsatish loyihalari ko`zdan kechiriladi. Mutasaddilar ishtirokida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari bo`yicha yig`ilish o`tkazish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar