4 sentyabrdan yangi o`quv yili boshlanadi va jamoat transportiga bo`lgan talab oshadi. Shu sababli, "Toshkent metropoliteni" poezdlar harakatidagi oraliq vaqtni qisqartirishni rejalashtirmoqda.
Xabarda aytilishicha, metrodan foydalanishda yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, ichki resurslardan maksimal darajada foydalangan holda vaqt oraliqlari qisqartiriladi. Jumladan, tig`iz vaqtlarda Chilonzor yo`nalishida 1,5 daqiqalik, O`zbekiston yo`nalishida esa 3-3,5 daqiqalik hamda Yunusobod yo`nalishida 5 daqiqalik intervalda poezdlar harakati yo`lga qo`yiladi.






