AsosiyJamiyat

O`zbekistonda vatan uchun halok bo`lganlarning farzandlari bog`cha va maktab-internatlarda bepul o`qiydi

'O`zbekistonda vatan uchun halok bo`lganlarning farzandlari bog`cha va maktab-internatlarda bepul o`qiydi'ning rasmi

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining qo`shma qarori bilan Maktabgacha ta`lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta`minotiga haq to`lash tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

Xususan, boquvchisini yo`qotgan ayollarning farzandlari, shuningdek, vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo`lida yaralangani, kontuziya yoki mayib bo`lgani oqibatida halok bo`lgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning farzandlari kvotadan qat`iy nazar ota-onalar to`lovidan ozod qilinishi to`g`risida qo`shimcha kiritilmoqda.

To`lovdan ozod qilinadigan bolalar ro`yxati quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar asosida shakllantiriladi:

  • kam ta`minlangan oilalarning farzandlari uchun “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali berilgan oila kam ta`minlangan deb e`tirof etilganligi to`g`risidagi ma`lumotnoma;
  • boquvchisini yo`qotgan ayollarning farzandlari uchun (quyidagi tasdiqlovchi hujjatlardan biri taqdim etilishi mumkin):
  • boquvchisini yo`qotgan ayol boquvchisining o`lim haqidagi guvohnomasi;
  • boquvchisining bedarak yo`qolgan deb topish to`g`risidagi sudning hal qiluv qarori;
  • o`lim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo`yilgan ma`lumotnoma;
  • davlat xizmatlari markazi orqali berilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida o`lim qayd etilganligi haqida ma`lumotnoma;
  • vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo`lida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo`lganligi oqibatida halok bo`lgan harbiy xizmatchi yoki xodimning o`lim haqidagi guvohnomasi.

Hujjat qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida e`lon qilingan va 2023 yil 22 avgustdan kuchga kirgan.

    Boshqa yangiliklar