AsosiyJamiyat

Toshkentdagi maktabga "Barbi" filmidagi aktyor nomi berilgani haqida xabarlar tarqaldi

'Toshkentdagi maktabga "Barbi" filmidagi aktyor nomi berilgani haqida xabarlar tarqaldi'ning rasmi

Toshkentdagi 61-maktabga "Barbi" filmidagi Ken rolini ijro etgan aktyor Rayana Gosling nomi berilgani haqida xabarlar tarqaldi. 

 Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, bugungi kunda poytaxtning o`n ikki tumanida 323 ta umumta`lim maktabi faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Ularning birortasiga alohida nom berilmagan.

Boshqarma ma`lumotlariga ko`ra, Yashnobod tumanidagi 61-sonli umumta`lim maktabiga kinoaktyor Rayana Gosling nomi berilganligi haqidagi xabarlar haqiqatga to`g`ri kelmaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar