Shadurdi Meredov Turkmanistonning O`zbekistondagi elchisi sifatida Toshkentda ish boshladi. Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, bugun, 24 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shadurdi Meredovdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olgan.
“So`nggi yillarda aloqalarimiz misli ko`rilmagan darajada kengayganiga guvoh bo`ldik. Erishilgan yutuqlar talaygina, yanada ko`prog`i esa hali oldinda”, deydi Baxtiyor Saidov.
Shuningdek, Tashqi ishlar vaziri Turkmaniston elchisiga O`zbekistondagi faoliyati mobaynida muvaffaqiyat tilagan.






