Aholi daromadlari, hayot darajasi va sifatini muttasil oshirishni ta`minlash bo`yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi joriy yil boshidan buyon o`rtacha oylik ish haqini 12,6 foiz oshirish imkonini berdi.
Shu yilning 1 oktyabridan byudjet sohasi xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori yana 15 foizga ko`paydi.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasini 2016 yilning to`qqiz oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Davlat statistika qo`mitasining hisobotida ma`lumot berildi.





